» » Toshkentdagi Inha universiteti talabalari sensorli “aqlli niqob” ixtiro qildi

Toshkentdagi Inha universiteti talabalari sensorli “aqlli niqob” ixtiro qildi


Toshkentdagi Inha universitetining “Kompyuter va Dasturiy Injiniring” fakulteti 4-bosqich talabalari Doston Mardiyev va Aziza Abdurahmonova O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda o‘z hissalarini qo‘shishga qaror qilib, “aqlli niqob” yaratdi. Bu haqda “Daryo”ga universitet matbuot xizmati xabar berdi.

Universitet talabalarining fikriga ko‘ra, bunday niqobni qayta va qayta ishlatsa bo‘ladi. U insonning tana haroratiga, yo‘tal, aks urish va nafas olishda bo‘layotgan qiyinchilikni uch xil sensorlar orqali aniqlab bera oladi.

Niqob mobil ilova orqali telefon bilan birlashtirilgan bo‘lib, uning yordamida niqobga o‘rnatilgan sensorlar avtomatik ravishda qayd etilgan ko‘rsatkichlarni smartfonga yuboradi. Ilova ushbu ma’lumotni COVID-19 alomatlari bilan taqqoslaydi. Agar tasodif bo‘lsa, dastur aniqlik kiritadi.

COVID-19 ning o‘ziga xos belgilari mavjud bo‘lib, u boshqa o‘tkir yuqumli kassaliklardan yuqori isitma, quruq yo‘tal, nafas qisilishi kabi alomatlari bilan ajralib turadi. Sensorlar tufayli niqob bu ma’lumotlarni osongina aniqlay oladi. Masalan, agar odamda harorat 38,5 bo‘lsa, u tez-tez yo‘talsa va uzoq vaqt nafas ololmasa, dastur niqob egasi COVID-19 dan shubhalanayotganligi haqida signal beradi.

“Kelajakda biz bu niqobni tibbiy muassasalar bilan kelishilgan holda tekshirishni rejalashtiryapmiz. Tegishli alomatlari bo‘lgan odamlarga tez yordam berish oson bo‘ladi”, — degan g‘oya mualliflaridan bo‘lgan Aziza Abdurahmonova.

Loyihaning yana bir muallifi Doston Mardiyevning ta’kidlashicha, ayni paytda loyiha yakunlanib, sinovdan o‘tkazilmoqda. Talabalar bunday niqoblar kelajakda jamiyat uchun foydali va tegishli bo‘ladi deb umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 25-martdan boshlab jamoat joylarida niqobsiz yurish taqiqlangan. Niqobsiz yurgan shaxslar jarimaga tortiladi.

Mavzuga doir: “Niqoblar to‘g‘ri taqilmasa, virusdan himoya qilmaydi”. Tibbiyot niqoblarining foyda va zarari haqida



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют