» » “Jasur Yaxshiboyevga Yevropa klublaridan takliflar bor” — Jafar Irismetov

“Jasur Yaxshiboyevga Yevropa klublaridan takliflar bor” — Jafar Irismetov


“Paxtakor” sport direktori Jafar Irismetov ayni damda ijara asosida Belarusning “Energetik-BGU” jamoasida to‘p tepayotgan Jasur Yaxshiboyevga Yevropa klublaridan takliflar borligini aytdi. Bu haqida Irismetov “Chempionat.asia”ning “Tezkor studiya” dasturi vaqtida ma’lum qildi.

“Jasur Yaxshiboyev O‘zbekiston chempionatida negadir ochilib keta olmadi. Ammo u mamlakatdagi eng iqtidorli futbolchilardan biri. Uni bilgan holda “Energetik-BGU”ga berganmiz. U yerda yosh o‘yinchilar ko‘p. Murabbiylarni ham taniymiz. Uni ijaraga berishdan oldin murabbiylar bilan ham gaplashganmiz. Ayni damda futbolchiga Vengriya, Polsha hamda Portugaliya chempionatlaridan takliflar bor. To‘g‘ri, taklif bildirayotgan klublar top klublar emas. Biroq takliflar kelib turibdi”, — deydi “Paxtakor” sport direktori Jafar Irismetov.

Mavzuga doir: “Paxtakor”ga qaytishni xohlamaydigan, Belarus chempionatida to‘purar bo‘lib turgan Jasur Yaxshiboyev intervyusi

Ma’lumot uchun, transfer huquqi “Paxtakor”ga tegishli bo‘lgan Jasur Yaxshiboyev Belarus chempionatida 4-turdan so‘ng 3 ta gol bilan eng yaxshi to‘purar bo‘lib turibdi. Uning jamoasi 16-aprel, payshanba kuni, “Gorodeya” klubiga qarshi 5-tur uchrashuvida maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 19:30 da boshlanadi.

Uchrashuvdagi gollarni “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sahifasida tomosha qilish mumkin. Kanalga obuna bo‘lish: https://t.me/joinchat/AAAAAEN_jPAAf5CHVr-Olg



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют