» » Toshkentda 70 yoshli bemor koronavirusdan tuzaldi. O‘zbekistonda tuzalganlar soni 129 nafarga yetdi

Toshkentda 70 yoshli bemor koronavirusdan tuzaldi. O‘zbekistonda tuzalganlar soni 129 nafarga yetdi


Toshkent shahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan 1 nafar bemor butkul sog‘aydi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, sog‘aygan bemor 70 yoshda bo‘lib, Toshkent shahrida yashaydi. U muloqot orqali koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Samarali davolash muolajalaridan keyingi tekshiruvlar unda infeksiya yo‘qligini ko‘rsatdi. Shu tariqa, ushbu klinikada hozirga qadar kasallikdan tuzalganlar soni 11 nafarga yetdi. Avvalroq mazkur klinikadan 10 nafar bemor tuzalib chiqqan edi.

Hozirga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan tuzalgan kishilar soni 129 nafarga yetdi.

Avvalroq Buxoroda 20 kishi, Xorazmda 1 kishi kasallikdan sog‘ayib, reabilitatsiyaga jo‘natilgani haqida xabarlar berilgan edi.

O‘zbekistonda 16-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1349 nafarga yetdi. O‘zbekistonda o‘tgan bir oy davomida koronavirusga chalingan bemorlarning to‘rt nafari vafot etdi, Bundan tashqari, xorijda kamida 23 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan, ularning uch nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют