» » O‘zbekiston Musulmonlari idorasi vakili: “Iftorlikni, albatta, dasturxon yozib, to‘p-to‘p odam aytish, deb tushunmaslik kerak”

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi vakili: “Iftorlikni, albatta, dasturxon yozib, to‘p-to‘p odam aytish, deb tushunmaslik kerak”


AOKA huzuridagi shtabda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov ishtirokida o‘tkazilgan brifing chog‘ida bu yil koronavirus infeksiyasi tarqalgan davrga to‘g‘ri kelayotgan Ramazon oyidagi iftorlik masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Jumladan, iftorlik xarajatlari bir kishiga berilsa, iftorlik berganning savobiga erishishi bo‘yicha berilgan savolga javob berar ekan, Ishmatbekov Islom dinida ro‘zadorga iftorlik qilish ulkan savob ekanligini ta’kidladi.

“Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) bu haqda shunday deganlar: ‘Kim bir ro‘zadorga iftorlik qilib bersa, unga o‘sha ro‘zador ega bo‘lgan savobdan biror narsa kamaytirilmagan holda beriladi’.

Shunday ekan, iftorlik xarajatlarini muhtoj, kambag‘al ro‘zadorlarga berish bilan kishi ularga iftorlik qilib berganning savobini oladi. Chunki iftorlik qilish deganda, albatta, dasturxon yozib, to‘p-to‘p odam aytishni tushunmaslik kerak. Kambag‘al, muhtoj kishilarga taom yoki kerakli mablag‘ini berish eng yaxshi iftorlikdir, chunki shunisi riyodan holi bo‘ladi.”

Mavzuga doir: O‘zbekiston Musulmonlari idorasi karantinga doir fatvolarni e’lon qildi

Brifing davomida, shuningdek, Ramazon oyi ro‘zasini tuta olmaydigan ikki toifa kishilar: ro‘za tutishga keksaligi sabab yaramaydigan va surunkali kasali bor insonlarning ro‘za tutmasdan hidiya berishlari mumkinligi ta’kidlandi. Biroq hidiya Ramazon oyi kirishidan avval emas, balki ro‘za oyi kirishi bilan bir yo‘la 30 kunlik yoki har kuniga alohida hidiya chiqarish mumkinligi qo‘shimcha qilindi.

Bundan avval O‘zbekiston Musulmonlari idorasining Ramazon oyini o‘tkazish haqidagi bayonotida iftorlik savobidan umidvor bo‘lgan insonlarning iftorlik marosimlari uchun mo‘ljallagan mablag‘larini Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari orqali moddiy ko‘makka muhtoj oilalarga yetkazishi mumkinligi qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют