» » Qozog‘istonda 2,7 milliondan ortiq odamga 42 500 tengedan ijtimoiy nafaqa to‘lab berildi

Qozog‘istonda 2,7 milliondan ortiq odamga 42 500 tengedan ijtimoiy nafaqa to‘lab berildi


Qozog‘iston hukumati koronavirus pandemiyasi tufayli yuz bergan favqulodda vaziyatda daromadlarini yo‘qotgan 2,7 milliondan ortiq odamga Davlat ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasidan nafaqani to‘lab berdi. Bu haqda Kazinform nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, mamlakatda favqulodda vaziyatlar paytida daromadini yo‘qotgan 2 million 708 ming 666 kishiga Davlat ijtimoiy sug‘urta fondidan ijtimoiy nafaqa berilgan.

“15-aprel soat 15:00 ko‘ra, 5 million 334 ming 224 fuqarodan ijtimoiy nafaqa olish uchun jami 6 million 837 ming 393 ta murojaat kelib tushgan. Ya’ni 1 million 503 ming 169 ariza takroran yuborilgan”, — deyiladi Qozog‘iston Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vazirligi bayonotida.

42 500 tenge (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan 2020-yil 15-apreldagi rasmiy kursga ko‘ra, 958 ming 375 so‘m) miqdoridagi ushbu ijtimoiy to‘lovni olish uchun arizalar eng ko‘p berilgan hududlar orasida 667 116 ta ariza bilan Olmaota viloyati birinchi o‘rinni egallagan.

Keyingi o‘rinlarda: Olmaota shahri (651 903), Turkiston viloyati (631 598), Nur-Sulton shahri (418 768), Chimkent shahri (339 709) joylashgan. Hududlar bo‘yicha eng yuqori imtiyozlar Olmaota viloyati (411 573), Turkiston viloyati (300 996) hamda Olmaota shahriga (291 439) berilgan.

Avvalroq Qozog‘istonda koronavirus uchun ommaviy test o‘tkazish boshlanishi, poytaxt Nur-Sulton shahrida tibbiy niqoblar, qo‘lqoplar, antiseptik vositalarning idishlari va salfetkalarning chiqindilari utilizatsiya qilinayotgani haqida xabarlar berilgan.

Qozog‘istonda favqulodda holat rejimi 11-aprelda uzaytirilgan. 16-aprel holatiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 1331 kishiga yetgan, 277 nafar odam kasallikdan tuzalgan, vafot etganlar esa 17 nafarni tashkil qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют