» » “Arsenal” PSJ futbolchisi bilan 5 yillik kelishuvga erishdi

“Arsenal” PSJ futbolchisi bilan 5 yillik kelishuvga erishdi


Londonning “Arsenal” klubi PSJ himoyachisi Leyvin Kurzava bilan besh yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi, deya xabar qilmoqda France Football.

Kurzavaning parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020-yilning 3-iyunida o‘z nihoyasiga yetadi, shu sabab u londonliklar safiga erkin agent sifatida qo‘shiladi.

PSJ Kurzavani 2015-yilda “Monako”dan  25 million yevro evaziga sotib olgandi. 27 yoshli futbolchi joriy mavsum Fransiya chempionatida 14 o‘yin o‘tkazib, bir bor gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Avvalroq futbolchiga “Barselona” va “Yuventus”dan qiziqish borligi xabar qilingandi.

Parij klubi yozda yana bir himoyachisi Toma Menye bilan ham xayrlashishga yaqin. Mavsum so‘nggida shartnomasi tugaydigan futbolchiga “Tottenhem” asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют