» » Odil Ahmedov: “Xitoyda mavsum qachon boshlanishini hech kim bilmaydi”

Odil Ahmedov: “Xitoyda mavsum qachon boshlanishini hech kim bilmaydi”


Goal nashri futbol bo‘yicha Xitoy Superligasi iyun yoki iyul oyida boshlanishi kutilayotgani haqida xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, bu sanalar chempionat boshlanishi uchun eng erta muddat sifatida qaralgan. Undan oldin boshlanmasligi aniqligi aytilgan. Xitoy futbol assotsiatsiyasi allaqachon klublarga mavsumni yozda boshlashnishiga tayyorgarlik ko‘rishni maslahat bergan. Ma’lum qilinishicha, mavsum boshlanishidan oldin futbolchilar koronavirusga ikki bor test topshiradi. Birinchisi tez kunda, ikkinchisi esa mavsum startidan bir hafta oldin.

Ushbu savollarga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri O‘zbekiston terma jamoasi sardori, “Shanxay SIPG” a’zosi, ayni damda Xitoyda bo‘lib turgan Odil Ahmedov bilan bog‘landi.

“To‘g‘risi, mavsum qachon boshlanishini hech kim bilmaydi. Katta ehtimol bilan kasallik mamlakatni butunlay tark etgandan so‘nggina mavsum boshlanadi. Ammo “Shanxay SIPG” mashg‘ulot olib borayotgani yo‘q. Bu borada hech kim anig‘ini bilmaydi. Futbolchilarda test olinishi haqida esa umuman eshitganim yo‘q”, — deya yuqoridagi holatga izoh berdi Odil Ahmedov.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoydagi tibbiyot muassasalarida 1107 kishi davolanmoqda, ulardan 95 nafarining ahvoli og‘ir deya baholanmoqda. Xitoyda koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon 82 mingdan ortiq odamda kasallik aniqlangan bo‘lib, 3342 nafari vafot etgan.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют