» » Eron o‘zi ishlab chiqargan ilk o‘quv samolyotini taqdim etdi

Eron o‘zi ishlab chiqargan ilk o‘quv samolyotini taqdim etdi


Eron mudofaa vazirligining so‘nggi ikki yilda erishgan muvaffaqiyatlariga bag‘ishlangan ko‘rgazmada mamlakatda ishlab chiqarilgan, mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan “Kavsar” nomli samolyot taqdim etildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Mazkur samolyot buyurtma asosida faqatgina o‘zimiz tomondan mamlakat harbiy-havo kuchlari ishtirokida loyihalashtirilib, yaratildi. Uchuvchilarni o‘qitishdan tashqari, samolyot boshqa qo‘shimcha vazifa — qurollarni bir joydan ikkinchi joyga yetkazishni ham amalga oshira oladi. U barcha zaruriy sinovlardan so‘ng harbiy-havo kuchlari qurollari qatoridan joy oladi, degan umiddaman”, — dedi mudofaa vaziri Husayn Dehqon.

Tadbirda Eron prezidenti Hasan Ruhoniy ham ishtirok etdi.

Ko‘rgazmada taktik “Mojaher-6” uchuvchisiz samolyoti, kemalarga qarshi “Nasir” qanotli raketalari, “Fakur” nomli “havo-havo” raketalari ham namoyish etildi.

Shuningdek, harbiylarga dala manyovrlarini amalga oshirish hamda “Qaher-313” qiruvchi samolyotlarining o‘quv parvozlariga tayyorlanish haqida topshiriq kelib tushdi.

Опубликовано: admin (16-04-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют