» » Italiya va ispaniyalik shifokorlar koronavirusning yana bir alomatini aniqladi

Italiya va ispaniyalik shifokorlar koronavirusning yana bir alomatini aniqladi


Italiyalik va ispaniyalik shifokorlarning fikricha, oyoqlarda toshmalar bo‘lishi koronavirus infeksiyasining yana bir alomatlaridan biri bo‘lishi mumkin, deb xabar bermoqda Metro nashri.

Qayd etilishicha, COVID-19 tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan har 5 bemorning birida teri muammolari kuzatilgan. Ayniqsa, o‘smirlar va bolalarda bunday belgilar ko‘proq uchragan.

Ispaniya pediatrlari assotsiatsiyasida ta’kidlanishicha, koronavirusdagi toshmalar сhechak yoki qizamiq bilan kechadigan toshmalarga o‘xshaydi. Qizarishlar oyoq barmoqlarida paydo bo‘ladi, keyinchalik ketib, izlari qolmaydi.

Shifokorlar odamlarni bunday toshmalarga jiddiy qarashga va ular paydo bo‘lsa, o‘zlarini izolyatsiya qilishga chaqirgan. Shu bilan birga, birgina shu belgining o‘zidayoq tibbiyot markazlariga bormaslikni, lekin ular paydo bo‘lganda salomatlik holatini diqqat bilan kuzatib borishni maslahat bergan.

Avvalroq Fransiyalik shifokorlar ham koronavirusning shu kabi yangi belgilarini ma’lum qilgan hamda bunday belgilar kuzatilganda fuqarolarni tibbiyot muassasalariga murojaat qilishga chaqirgandi. JSST vakili esa koronavirusning eng yaqqol belgisini aytgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...