» » Zangiotada stikersiz ikkita mashina o‘zaro to‘qnashuv sodir etdi. Haydovchilardan biri vafot etdi

Zangiotada stikersiz ikkita mashina o‘zaro to‘qnashuv sodir etdi. Haydovchilardan biri vafot etdi


15-aprel kuni soat 21:00 larda Toshkent viloyati Zangiota tumanida Nexia va Lacetti o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Turkiston qishloq fuqarolar yig‘inining Ramadan ko‘chasida 25 yoshli I.A. ismli fuqaro Nexia mashinasini transport vositasiga harakatlanish huquqini beruvchi maxsus stikersiz haydab ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Nexia qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, o‘z yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan Lacetti bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Lacetti avtomashinasida ham harakatlanish huquqini beruvchi maxsus stiker bo‘lmagan.

To‘qnashuv oqibatida Nexia rusumli transport vositasi yonib ketgan va haydovchi I.A. voqea joyida vafot etgan. Lacetti haydovchisi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: Jizzaxda ishonchnomasi va stikeri bo‘lmagan haydovchi piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют