» » Jasur Yaxshiboyev jarohat olgan o‘yinda “Energetik-BGU” yutqazdi. Shahboz Umarov esa zaxiradan maydonga tushdi

Jasur Yaxshiboyev jarohat olgan o‘yinda “Energetik-BGU” yutqazdi. Shahboz Umarov esa zaxiradan maydonga tushdi


Belarus chempionatining 5-turida “Energetik-BGU” 16-aprel, payshanba kuni “Gorodeya”ni qabul qildi.

Uchrashuvda maydon egalari navbatdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. 35-daqiqada Andrey Sorokin mehmonlarning qarshi hujumini gol bilan yakunladi. Mazkur gol bahsda yagonaligini saqlab qoldi.

Uchrashuvda Jasur Yaxshiboyev asosiy tarkibda maydonga tushdi va jarohat olgan holda tanaffusdan keyin o‘z o‘rnini yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Shahboz Umarovga bo‘shatib berdi.

Shu tariqa, “talabalar” ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatni tan olgan holda 9 ochko bilan hozircha 3-o‘rinda bormoqda. “Gorodeya” esa ochkolarini 12 taga yetkazib olgan holda peshqadamga aylandi.

Belarus Oliy Ligasi

5-tur bahsi

16-aprel, payshanba

Gol: 0:1 — 35 Sorokin.

“Energetik-BGU”: Sadovskiy, Yudchits, Sokol, Shkurdyuk, Mavatu, Miroshnikov, Nosko, Yaxshiboyev (Umarov, 46), Tve, Musaxanyan (Sovpel, 60), Atemeng (Bakich, 46).

“Gorodeya”: Dovgyallo, Pavlyuchek, Usenya, Shestilovskiy, Poznyak, Yoksimovich, Sazonovich, Sorokin (Ignatenko, 87), Yaskovich, Saichich, Arxipov (Bayduk, 63; Shibun, 90).

Ogohlantirish: Yaxshiboyev (40).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют