» » O‘zbekistonda karantin davrida dehqon bozorlaridagi narx-navo e’lon qilindi

O‘zbekistonda karantin davrida dehqon bozorlaridagi narx-navo e’lon qilindi


Davlat statistika qo‘mitasi 14-aprel, seshanba kuni, O‘zbekistondagi dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini o‘rganib chiqdi va o‘tkazilgan kuzatuv natijalari bo‘yicha mahsulotlarning minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Unda faqatgina dehqon bozorlari hududidagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari hisobga olingan. Supermarket, minimarket, do‘konlardagi narxlar inobatga olinmagan.

Mol go‘shti (suyaksiz go‘shtidan tashqari) 37 000 so‘mdan 60 000 so‘mgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kilogramm mol go‘shtining (suyaksiz go‘shtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da qayd etilgan (37 000 so‘m). Mol go‘shtining maksimal narxi esa Chirchiq shahrining “Chirchiq dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (60 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 39 000 so‘mdan 70 000 so‘mgacha (kilogramm)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (39 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”, “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (70 000 so‘m) kuzatildi.

Kartoshka 3 000 so‘mdan 8 000 so‘mgacha (kilogramm)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga ko‘ra, kartoshkaning minimal narxi Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Qo‘yliq dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori” va “Farhod dehqon bozori”da qayd etilgan (3 000 so‘m). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”, “Qo‘yliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (8 000 so‘m) qayd etildi.

Mavzuga doir: Toshkentda kartoshka yetkazib berish bilan bog‘liq muammo yo‘qligi aytildi

Piyoz 1 500 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, piyoz mahsulotining minimal narxi Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori”da (1 500 so‘m) ro‘yxatga olindi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da kuzatildi (5 000 so‘m).

Sabzi 1 000 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kilogramm)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Andijon shahrining “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Navoiy shahrining “Saxovat” bozori, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” va “Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori”da (1 000 so‘m) qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (5 000 so‘m) kuzatildi.

Tuxum 5 000 so‘mdan 10 000 so‘mgacha (10 dona)

Tuxum mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”da qayd etildi (5 000 so‘m). Maksimal narxi esa Chirchiq shahrining “Chirchiq dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Qo‘yliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da qayd etilgan (10 000 so‘m).

Guruch 3 800 so‘mdan 18 000 so‘mgacha (kilogramm)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da ro‘yxatga olingan (“Nukus” navli guruch 3 800 so‘m). Maksimal narx esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruch 18 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 8 000 so‘mdan 14 000 so‘mgacha (litr)

O‘simlik yog‘i mahsulotlarining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori”da (mahalliy paxta yog‘i 8 000 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (kungaboqar yog‘i 14 000 so‘m) kuzatildi.

Shakar 5 500 so‘mdan 6 500 so‘mgacha (kilogramm)

Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga ko‘ra, minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski jo‘va dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”da (5 500 so‘m) qayd etildi. Maksimal narxi esa Buxoro shahrining “Buxoro markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori” va “Eski shahar dehqon bozori”, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Temiryo‘l dehqon bozori”, “Damariq dehqon bozori”, Termiz shahrining “Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori”, “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” hamda Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (6 500 so‘m) kuzatildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 24-martdan boshlab Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatildi.

Foto: Toshkent shahridagi buyum va dehqon bozorlari karantin vaqtida

Karantin davrida aholiga qulaylik yaratish maqsadida viloyatning barcha shahar, tumanlarida ko‘chma bozorlar tashkil etildi. 6-apreldan boshlab tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lganlarning bozor va supermarketlarga kirishi taqiqlandi.

Mavzuga doir: Toshkent viloyatida karantin davrida doimiy ishlayotgan dehqon bozorlari ro‘yxati e’lon qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют