» » Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoati korxonalarida ishlab chiqarish hajmini oshirish haqida ko‘rsatma berdi

Shavkat Mirziyoyev kimyo sanoati korxonalarida ishlab chiqarish hajmini oshirish haqida ko‘rsatma berdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-aprel kuni kimyo, agrotexnika va avtomobil sanoati korxonalarida ishlab chiqarish sur’atlarini ta’minlash hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kimyo sanoati mavjud quvvatlarni saqlab qolish bilan birga yangi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun barcha imkoniyatlarga ega. “Ammo tarmoqdagi bugungi holatga yig‘ilishda tanqidiy baho berildi”, — deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

2020-yilda 9 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarish va 280 million dollarlik eksport rejalashtirilgan. Bunga erishish uchun “O‘zkimyosanoat” tarmoqdagi korxonalar faoliyatiga ko‘maklashib, talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishi zarurligi ta’kidlandi.

Xususan, yaqin bir oyda “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatidagi polivinilxlorid korxonasi quvvatini 90 foizga yetkazish, azot kislotasi ishlab chiqarish loyihasini foydalanishga topshirish vazifasi qo‘yildi.

Hozirgi epidemiologik vaziyat bois tozalash va dezinfeksiya vositalariga talab oshgan. Xususan, qo‘shni davlatlardan 2 ming tonna gipoxloritga buyurtma kelib tushgan. Shuningdek, tog‘-kon metallurgiya sanoati uchun muhim bo‘lgan sianid tuzlariga ham ehtiyoj ortmoqda. Shu bois imkoniyatlarni to‘liq safarbar etish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirish, mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilishga qaratilgan yangi loyihalar tayyorlash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Tashqi bozorlarda mahsulotlar raqobatdoshligini oshirish uchun transport xarajatlarini kamaytirish, hamkor davlatlar bilan kelishib, temiryo‘l orqali tashishda qulayliklar yaratish muhimligi ta’kidlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 99) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют