» » Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan traktorlarning sifati va narxini tanqid qildi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan traktorlarning sifati va narxini tanqid qildi


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 16-aprel kuni kimyo, agrotexnika va avtomobil sanoati korxonalarida ishlab chiqarish sur’atlarini ta’minlash hamda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi texnikalarni o‘z vaqtida sotish uchun xaridor bilan ishlash tizimini rivojlantirish, fermer va dehqonlarga bu borada kredit imtiyozlari berish zarurligi qayd etildi. “Agrotexsanoatxolding” kompaniyasiga qishloq xo‘jaligi texnikalarini elektron buyurtma asosida sotish tizimini joriy etish vazifasi qo‘yildi.

Mahalliy ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mashinalari sifati va narxi tanqid qilindi, bu jihatda ular xorijniki bilan raqobatdosh emas. Texnika qimmat bo‘lsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxiga ham ta’sir qiladi.

Shu munosabat bilan hamma texnika narx-navosini tahlil qilish asosida ishlab chiqarishni optimallashtirish, metall quyish quvvatlarini tezroq ishga tushirib, lokalizatsiya darajasini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

“Mahalliylashtirishdan maqsad — o‘zimizning qishloqlarga mos, dehqonlarga to‘g‘ri keladigan hamyonbop milliy traktorlar ishlab chiqarish”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Paxta terimini mexanizatsiyalashni jadallashtirish, joriy yil sentabrgacha joylarga kamida mingta paxta terish mashinasi yetkazib berish, barcha hududlarda servis markazlari tashkil etish vazifasi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-04-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют