» » Liridlar meteor oqimini 16-apreldan boshlab kuzatish mumkin bo‘ladi

Liridlar meteor oqimini 16-apreldan boshlab kuzatish mumkin bo‘ladi


Eng qadimiy va kuchli meteor oqimlaridan biri Liridlarni 16-apreldan oyning oxirigacha Rossiyaning butun hududida ochiq ob-havo sharoitida kuzatish mumkin bo‘ladi. Bu haqda Rossiya fanlar akademiyasi astronomiya instituti Quyosh tizimi tadqiqotlari bo’limining yetakchi ilmiy xodimi Aleksandr Bagrovning ma’lumotlariga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Liridlar eng qadimiy va har yili kuzatiladigan meteor oqimlaridan biri bo‘lib, u haqidagi dastlabki ma’lumotlar miloddan avvalgi 687-yilga borib taqaladi. “Uchar yulduzlar” Lira yulduzlar turkumidan uchib tushayotganga o‘xshab ko‘ringani uchun oqim shu nomni olgan.

16-apreldan 25-aprelgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Yer Tetcher (C/1861 G1) kometasi dumi qoldirgan chang oralig‘idan o‘tadi. Bu yil 22-aprel tongida oqimning eng faol vaqti kuzatiladi. Bu vaqtda soatiga 15—20 ta meteor uchishi kutilmoqda. Oqimni oddiy ko‘z bilan sun’iy yorug‘likdan uzoq qorong‘i joyda kuzatish kerak bo‘ladi.

2017-yil boshida Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti katta ilmiy xodimi Chori Sherdanovning “Narodnoye slovo” gazetasida chop etilgan astronomik hodisalar tahlilida yil davomida Liridlar, Orionidlar, Leonidlar va Geminidlar (meteorlar oqimlari) hosil qilgan “yulduzlar yomg‘iri”ni kuzatish imkoniyati mavjudligi aytilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-04-2017, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют