» » Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki O‘zbekiston kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 150 mln dollar ajratadi

Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki O‘zbekiston kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun 150 mln dollar ajratadi


Yevropa taraqqiyot va tiklanish banki savdoni moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘lar ajratadi. Bu haqda bank axborot xizmatiga tayanib, “Spot” xabar qilgan.

Tashkilot koronavirus pandemiaysi sharoitida mablag‘ ajratish orqali mahalliy korxonalarning o‘z faoliyatini davom ettirishiga ko‘mak bermoqchi.

YeTTBning savdoni rivojlantirish dasturi doirasida “Asakabank”, “Ipotekabank” va “O‘zsanoatqurilishbank”ga 150 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lar ajratiladi.

“Ushbu mablag‘lar O‘zbekistondagi eksporter va importer kompaniyalarga og‘ir bozor sharoitlarida savdo operatsiyalaridagi, yetkazib berish tizimlaridagi to‘xtalishlarni yengib o‘tish uchun ajratiladi”, — deyiladi YeTTB axborotida.

“Asakabank” va “O‘zsanoatqurilishbank” aksionerlik-tijorat banklariga 60 million dollardan, “Ipoteka-bank” hisobiga esa 30 million dollar kelib tushadi. Uchala bank ham YeTTB mijozlari hisoblanadi. Ular mamlakat miqyosida 100 dan ortiq filialga ega va o‘n minglab muassasalarga bank xizmatlarini ko‘rsatadi.

Banklar mahalliy firmalar faoliyatini barqarorlashtirish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega, ularni qo‘llab-quvvatlash esa milliy iqtisodiyotga ko‘mak berishda muhim ahamiyat kasb etadi, deya 3 ta bankni e’tirof qilgan xalqaro tashkilot. Bugungacha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston iqtisodiyotiga 1,85 milliard yevro miqdorida mablag‘ ajratgan.

Mavzuga doir: 

Avval Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi yangi klinikalarni jihozlashga 17 million dollar yo‘naltirgani, Jahon banki 2020-yilda O‘zbekiston YaIMining o‘sish darajasi 1,6 foizga teng bo‘lishini prognoz qilgani, shuningdek, O‘zbekistonni inqirozga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlash uchun 1,2 milliard dollar ajratish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 00:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют