» » Majburiy ijro byurosi “O‘ztransgaz”dan 56,5 mlrd so‘mlik qarzdorlikni undirdi

Majburiy ijro byurosi “O‘ztransgaz”dan 56,5 mlrd so‘mlik qarzdorlikni undirdi


Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar Yakkasaroy tuman bo‘limi “O‘ztransgaz“ aksiyadorlik jamiyatining Navoiy IES oldidagi 56,5 milliard so‘mlik qarzdorligini undirdi. Bu haqda “Daryo”ga Majburiy ijro byurosi tomonidan ma’lum qilindi.

Xabar berilishicha, Majburiy ijro byurosining Yakkasaroy tuman bo‘limi ish yurituviga Karmana tumanlararo iqtisodiy sudining 2020-yil 13-yanvardagi ijro varaqasi kelib tushgan. Unga ko‘ra, “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyatining Navoiy IES oldida 56,5 milliard so‘mlik qarzdorligi bo‘lgan.

Qarzdor tashkilot “O‘ztransgaz” tomonidan qonun talablari bo‘yicha berilgan ixtiyoriy muddatda qarzdorlik to‘lanmagan.

Natijada, MIBning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor tashkilotdan undiruvchiga 56,5 milliard so‘mlik qarzdorlik undirib berilgan.

Avvalroq Majburiy ijro byurosi “Ohangaronshifer”ning 146 nafar xodimiga 388 million so‘mlik ish haqini undirib bergani, Sirdaryoda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, baliqchilik bilan shug‘ullangan shaxs MIBning o‘rganishlari natijasida 120 million so‘m jarimaga tortilgani haqida xabarlar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 59) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют