» » Moskvada O‘RVI bilan xastalangan barcha bemorlar karantinga olinmoqda

Moskvada O‘RVI bilan xastalangan barcha bemorlar karantinga olinmoqda


Moskvada o‘tkir respirator virusli infeksiya (O‘RVI) kasalligi bilan og‘rigan barcha bemorlarga shifokorlar tomonidan uyda o‘zini yakkalash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilmoqda. Bu haqda Moskva merining o‘rinbosari Anastasiya Rakova ma’lum qilgan.

Rakovaning so‘zlariga ko‘ra O‘RVIning barcha holatlari tahlillar olmasdan turib koronavirus bilan kasallanishga gumon qilishga asos bo‘ladi.

“Shaharda infeksiya tarqalishini oldini olish uchun O‘RVI bilan kasallangan barcha shaxslarga bosh sanitar vrach tomonidan yozilgan majburiy tartibdagi qaror taqdim qilinadi va ular 14 kun davomida izolyatsiya tartibiga rioya qilishi shart. Ular bilan birga yashovchi yaqin qarindoshlar yoki tanishlarga ham xuddi shunday qaror beriladi”, — deya ta’kidlagan Moskva ma’muriyatining vakili.

Mavzuga doir: 

Avval Rossiyaning Moskva viloyatidagi kasalxonalardan birida 9 nafar tibbiyot xodimi koronavirus yuqtirib olgani, Moskvada karantinda ham ishlashni davom ettirgan “Halol somsa” kafesi eshigi beton bilan to‘sib qo‘yilgani, Moskvada ko‘chaga chiqish uchun raqamli ruxsatnoma joriy qilingani haqida xabarlar berilgan.

Rossiyada 16-aprel holatiga koronavirus bilan kasallanganlar soni qariyb 28 ming nafarga yetgan, vafot etganlar esa 232 kishini tashkil qilmoqda. Mamlakatda koronavirus pandemiyasi tufayli G‘alaba paradi keyinga qoldirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 07:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют