» » Polshalik arxitektor Audi logotipi shaklidagi uyning dizayni bilan bo‘lishdi (foto)

Polshalik arxitektor Audi logotipi shaklidagi uyning dizayni bilan bo‘lishdi (foto)


O‘z yurtida noodatiy turar joy binolarini loyihalash bilan tanilgan polshalik arxitektor Karina Vichak eng mashhur avtomobil va boshqa brendlarning logotiplaridan ilhomlanib, ajoyib arixtektura namunalarini taqdim etdi, deb xabar beradi Autorambler.

Wamhouse arxitektura studiyasining portfoliosidan Chevrolet, Renault va Mitsubishi, shuningdek, Adidas logotiplarining qiyofasini takrorlovchi futuristik uylar o‘rin olgan. Vichak o‘zining so‘nggi ishida o‘tkir burchak va to‘g‘ri qirralardan chekinishga qaror qilib, Audi brendining to‘rt halqasi ko‘rinishidagi uy loyihasi bilan bo‘lishdi.

Ringshouse yoki “Halqa uy” deb nomlanuvchi ushbu loyiha shunchaki konsept hisoblanadi, biroq bu kutilmagan funksiyalarga ega bo‘lgan turli xil miqyosdagi tanish shakllarning qanday ko‘rinishi haqida fikr yuritish imkonini beradi.

Audi logotipi 1932-yilda yaratilgan. Bir-biri bilan bog‘langan to‘rtta halqa mustaqil to‘rtta avtomobil ishlab chiqaruvchilar — Audi, DKW, Horch va Wanderer’ning ittifoqi ramzi hisoblanadi. Vichak Ringshouse’ni yaratishda logotipni shunchaki uy o‘lchamida kattalashtiribgina qolmay, o‘tgan asrning birinchi yarmiga oid arxitektura modernizmidan ham foydalangan.

Ringshouse yonlarida oynalari bor gorizontal joylashgan to‘rtta beton silindr ko‘rinishida. Aylana ko‘rinishidagi fasad bilan dizayn cheklanib qolmagan — devorlar, shuningdek, uy ichida joylashgan ko‘plab jihozlar ham aylana shaklini olgan.

U umumiy maydoni 280 metr kvadratga teng bir qavatdan iborat bo‘lib, uning ostida garaj va muhandislik kommunikatsiyalari joylashgan. Yashash qismi vannaga ega ikkita yotoqxona, qo‘shimcha uchta hojatxona, koridor va ochiq mehmonxona, shuningdek, oshxona va musiqiy burchakka ajratilgan.

Mavzuga doir: Video: Mercedes kompaniyasi yangi chellenj doirasida asfaltga Audi’ning to‘rtta halqasini “chizdi”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют