» » Rossiya bosh vaziri COVID-19ni davolashda davlat royxatidan otkazilmagan Xitoy preparatidan foydalanishga ruxsat berdi

Rossiya bosh vaziri COVID-19ni davolashda davlat royxatidan otkazilmagan Xitoy preparatidan foydalanishga ruxsat berdi


Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Milliy tibbiyot tadqiqotlari kardiologiya markaziga tibbiyot muassasalariga Xitoydan keltirilgan preparatni bepul tarqatish va undan koronavirusni davolashda foydalanish boyicha topshiriq berdi. Hukumat rahbarining farmoyishi Rossiya huquqiy axborot portalida elon qilingan, deb xabar berdiRBK.

Markaz preparatlarning saqlanishi va koronavirusga chalingan bemorlarni davolayotgan davlat va xususiy tashkilotlari hamda klinikalarga imtiyozli ravishda tarqatilishini taminlashi lozim. Preparatning nomi Gidroksixloroxin va u xalqaro patent olmagan, tabletka korinishida, 100 mg, 14-raqamli, jami 68 600 ta qadoqlangan, Xitoy Xalq Respublikasidan insponparvarlik yordami sifatida yuborilgan, Shanhay Farmasyutikals Co., LTD tomonidan ishlab chiqarilgan, deyilgan hukumat farmoyishida.

Hujjatda Roszdravnadzor RFning Dori vositalari bilan muomala qilish togrisidagi qonuniga muvofiq preparatdan samarali foydalanilish va uning bemorlarga zarar yetkazmasligi ustidan nazorat qilish lozimligi qayd etilgan.

RBK nashrining Rossiya sogliqni saqlash vazirligi axborot xizmatiga asoslanib xabar qilishicha, ushbu preparat mamlakat hududida royxatdan otkazilmagan.

Dori vositalari royxatdan otkazilgan davlat reyestrida 4 ta preparat gidroksixloroxin asosidagi tarkib bilan bayon etilgan. Ikkitasi shunday nomlanadi ham, qolgan ikkisi Plakvenil va Immard deb ataladi. Ushbu dori vositalari Irlandiya, Kanada, Hindiston va Rossiyada ishlab chiqariladi. Xitoy ishlab chiqaruvchilari reyestrga kiritilmagan.

Gidroksixloroxin bezgakka qarshi xususiyatlarga ega, shuningdek, yalliglanishga qarshi va immunodepressiv vosita. Rossiya sogliqni saqlash vazirligining COVID-19ga qarshi kurash boyicha tavsiyalarining beshinchi versiyasida ushbu preparat SARS-CoV va MERSCoV koronaviruslari keltirib chiqargan atipik pnevmoniyani davolashda ishlatilishi haqida malumot berilgan. Vazirlik undan tashqari Xloroxin, Lopinavir+Ritonavir, Azitromitsin va boshqa interferon preparatlarni ham tavsiya qilgan.

Mavzuga doir:Rossiya, AQSh va boshqa mamlakatlar tajribasi. Koronavirusdan bezgakka qarshi dorilar yordamida davolansa boladimi?

AvvalroqKanadalik olimlar koronavirus kopayishini bloklovchi preparatni topganiva bu Ebola bezgagini davolash uchun yaratilgan Remdesivir (RDV) dori vositasi ekani,Rossiya sogliqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirusga qarshi preparat ishlab chiqilganini elon qilgani, yaponiyalik olimlar koronavirus kopayishini toxtatishi mumkin bolgan preparat nomini aytgani vau Nelfinavir preparati bolib, undan OIVni davolashda boshqa shu kabi dorilar bilan birga foydalanilishi, shuningdek, Ozbekistonda koronavirusni davolashda foydalanilayotgan preparat nomi malum qilingani xususida xabarlar berilgan.

Mavzuga doir:Avstraliyalik olimlar koronavirusni 48 soatda bartaraf etuvchi dorini sinovdan otkazayotgani malum qildi



Manba: Daryo.uz
: admin (17-04-2020, 08:26)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
:
-
:
20 ... -