» » Ekvadorda COVID-19 pandemiyasi: o‘lganlar karton tobutda dafn qilinmoqda, o‘likxonalarda joy yetishmayapti (foto)

Ekvadorda COVID-19 pandemiyasi: o‘lganlar karton tobutda dafn qilinmoqda, o‘likxonalarda joy yetishmayapti (foto)


Meduza nashri Ekvadorning eng katta shaharlaridan biri Guayakilda kuzatilayotgan vaziyat haqidagi suratlarni taqdim etdi. Ushbu fotosuratlarni ko‘rish yosh bolalar, asabi tarang, yuragi bo‘sh kishilarga tavsiya qilinmaydi.

Ekvadorning eng katta shaharlaridan biri Guayakilda koronavirusdan vafot etganlar soni bo‘yicha mamlakat antirekordi qayd etilgan. Fotolarda shahardagi tibbiyot muassasalarining mart oyi oxiri va aprel boshlaridagi holati aks etgan. Kasalxonalar bemorlarning ko‘pligiga dosh bera olmayapti, uylar va o‘likxonalar kasallikdan vafot etganlarning murdalariga to‘lib ketgan.

Shaharda hatto taxtadan yasalgan tobutlar ham yetishmaydi, shahar tezkor shtabining rahbari Xorxe Vated boshchiligida aholiga 2000 ga yaqin kartondan yasalgan tobut tarqatilgan. Shtab boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra Guayakilda 2,5 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi va o‘lganlar soni kamida 4,5 ming kishini tashkil qilishi mumkin.

So‘nggi rasmiy ma’lumotlar bo‘yicha Ekvadorda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlarning umumiy soni 7,5 ming nafarni tashkil qilgan, 355 nafar kishi kasallikdan vafot etgan. Ammo Vated aprel boshidayoq bir hafta ichida shaharda ishlovchi xizmatlar 520 nafar murdani uylardan olib chiqqanini bildirgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 08:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют