» » Pandemiya tufayli Turkmaniston—Eron yo‘nalishi bo‘yicha uzilib qolgan tashuv qaysi yo‘nalishga ko‘chganligi ma’lum qilindi

Pandemiya tufayli Turkmaniston—Eron yo‘nalishi bo‘yicha uzilib qolgan tashuv qaysi yo‘nalishga ko‘chganligi ma’lum qilindi


Pandemiya tufayli Turkmaniston—Eron yo‘nalishi bo‘yicha uzilib qolgan tashuv yo‘nalishi Aqtau va Amirobod portlariga ko‘chgan. Bu haqda 16 aprel-kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqarma boshlig‘i Umidulla Ibragimov AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda aytib o‘tdi.

Brifingda “O‘zbekiston temir yo‘llari” jamiyati mas’ulining ma’lum qilishicha, hozirda O‘zbekiston hududidan o‘tuvchi eksport-import uchun mo‘ljallangan 13 ta koridor mavjud bo‘lib, ular orqali dunyoning 20 dan ortiq portiga mahsulot yetkazib berish imkoniyati bor.

“Yaqin kunlarda Turkmaniston—Eron yo‘nalishi bo‘yicha pandemiya tufayli uzilib qolgan tashuvni tiklash maqsadida Qozog‘istonning Aqtau va Eronning Amirobod portlari orqali eksport-import yuklarini yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi”, — dedi Umidulla Ibragimov

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda “O‘zbekiston temir yo‘llari” g‘arbiy yo‘nalish bo‘yicha Moskva, Riga, Minsk, Brest, Odessa, Poti, Istanbul va sharqiy yo‘nalish bo‘yicha Jalolobod, Xorgos, Vladivostok, Naxodka shaharlarigacha eksport-import tashuvlarini jadal sur’atlarda, mijozlarga imkon qadar qulaylik yaratgan holda betinim amalga oshirib kelmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 90) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют