» » Apple qizil iPhone SE savdosidan tushgan mablag‘ni koronavirusga qarshi kurashishga sarflaydi

Apple qizil iPhone SE savdosidan tushgan mablag‘ni koronavirusga qarshi kurashishga sarflaydi


Apple kompaniyasi bir necha yildan beri muntazam ravishda Product Red xayriya kampaniyasini o‘tkazib kelmoqda, deb yozadi Hi-Tech.Mail.ru.

Xayriya kampaniyasi Apple’ning qizil rangdagi smartfon va aksessuarlari savdosidan tushgan mablag‘ni OITSga qarshi kurashishga yo‘naltirardi. Endilikda ushbu kampaniya doirasida to‘plangan mablag‘larning bir qismi koronavirusga qarshi kurashishga sarflanadi.

30-sentabrgacha qizil rangdagi iPhone SE (2020), iPhone 11, iPhone XR, qizil g‘iloflar, soat bandlaridan tushgan mablag‘ koronavirusga qarshi kurashish global fondiga yo‘naltiriladi.

Product Red xayriya kampaniyasida Nike va Starbucks ham ishtirok etadi, biroq unda Apple’ning hissasi katta.

Apple mahsulotlarni sotishdan tushgan pulning qancha qismi xayriyaga sarflanishini aniq aytmadi, biroq 2018-yilda kompaniya qizil smartfon va aksessuarlar sotishdan 200 million dollar daromad ko‘rgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют