» » Rossiyada koronavirusga chalingan o‘zbekistonlik vafot etdi

Rossiyada koronavirusga chalingan o‘zbekistonlik vafot etdi


Rossiyaning Voronej shahrida koronavirus infeksiyasi aniqlangan O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Ta’kidlanishicha, shaharda COVID-19 koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etganlar soni 4 kishiga yetgan.

“Voronejdagi 8-sonli tez tibbiy yordam kasalxonasida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Avvalroq unda koronavirus aniqlangan edi. 39 yoshli erkak Rossiyada yashash huquqiga ega bo‘lib, yaqinda Moskvadan Voronejga qaytib kelgan. 10 kun davomida uyida kasal bo‘lib yotgan, 8-aprelga qadar shifokorga murojaat qilmagan. Ikki kun davomida sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan holda yotgan”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Voronejda koronavirus aniqlangan 89 kishining 24 nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: Nyu-Yorkda koronavirusdan vafot etgan uchinchi o‘zbekistonlik mashhur shashmaqom ijrochisi Rustam Samarqandiy ekani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 17-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1380 nafarni tashkil etmoqda. O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat 15-mart kuni tasdiqlangan bo‘lsa, o‘tgan vaqt davomida koronavirus yuqtirib olgani aniqlangan to‘rt bemor vafot etdi, 129 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi. Bundan tashqari, xorijda kamida 23 o‘zbekistonlik koronavirusga chalingan, ularning uch nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют