» » AQShda koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha kunlik antirekord yangilandi — bir sutkada qariyb 4,6 ming bemor vafot etdi

AQShda koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha kunlik antirekord yangilandi — bir sutkada qariyb 4,6 ming bemor vafot etdi


AQShda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus oqibatida vafot etganlar soni rekord darajaga yetdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Universitet hisob-kitoblariga ko‘ra, 15-apreldan 16-aprelga qadar bir sutka ichida 4591 kishi vafot etgan, shuningdek, yana 31 451 kishida kasallik aniqlangan. O‘tgan bir sutkadagi o‘lim darajasi odatdagidan ikki barobarga oshib ketdi.

Avvalroq prezident Tramp AQShda koronavirusning eng yuqori cho‘qqisi ortda qolganini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, AQShda koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha kunlik antirekord 14-aprel kuni yangilangandi —  bir sutkada 2,2 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Toshkent vaqti bilan soat 9:50 holatiga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan kasallanganlar soni 671 ming kishidan oshib ketdi, jami qurbonlar soni esa 33 284 kishiga yetdi.

Mavzuga doir: Donald Tramp Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini moliyalashtirishni to‘xtatishini ma’lum qildi

O‘zbekistonda 17-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1380 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq ilk holat 15-mart kuni tasdiqlangan bo‘lsa, o‘tgan vaqt davomida koronavirus yuqtirib olgani aniqlangan to‘rt bemor vafot etdi, 129 nafari esa sog‘ayib, reabilitatsiyaga olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют