» » Tomorqachilikni ma’muriy jazo va qo‘rqitish yo‘li bilan rivojlantirib bo‘lmaydi” — O‘zLiDeP vakili

Tomorqachilikni ma’muriy jazo va qo‘rqitish yo‘li bilan rivojlantirib bo‘lmaydi” — O‘zLiDeP vakili


13-aprel kuni O‘zbekistonda tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirilishi bo‘yicha hujjat qabul qilingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Unga ko‘ra mamlakatda tomorqa yerlardan unumli foydalanmagan fuqarolar jarimaga tortiladi. O‘zLiDeP vakili, huquqshunos Nuriddin Murodov Ma’muriy javobgarlik kodeksida tomorqadan foydalanish tartibini buzganlik uchun jarima jazosini qo‘llash bo‘yicha taklif aholi tomonidan haqli e’tirozlarga sabab bo‘layotganini ma’lum qildi.

Avvalo, bugungi pandemiya – sinovli kunlarni har birimizning davlat va jamiyat manfaatlari, xalqimizga bo‘lgan sadoqatimizni bir ko‘zdan kechirish kunlari desak ham xato bo‘lmaydi.

Zero bugungi sinovli jarayondagi ham ichki, ham tashqi iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va siyosiy maydon barcha davlatlar qatori bizdan ham bu borada og‘irlik va o‘ta katta professionallik bilan ish ko‘rishni taqozo etmoqda!

Aytish mumkinki, tomorqaga jarima borasidagi taklif ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va siyosiy jihatdan yo‘lga qo‘yilgan me’yorlarga ham muvofiq emas.

Men ishonamanki, davlatimiz ushbu taklifsiz ham oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlay oladi, tomorqalardan maqsadli foydalanadi. Asosiysi, shunday sinovli kunlarda ijtimoiy tarmoqda bu masalaning qizg‘in mohokama etilayotganligi, o‘rinsiz va salbiy holatdir.

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 10-oktabrdagi PQ-3318-son va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-martdagi 205-son qarori hamda Soliq kodeksining 437-moddasiga ko‘ra, tomorqa foydalanish tartibini buzgan, qarovsiz qoldirgan yoki ekin ekmagan taqdirda tomorqa egasi 3 baravar orttirilgan soliq to‘lashi belgilab qo‘yilgan. Hatto bunday holatlar takrorlansa, tomorqa olib qo‘yilishi ham mumkin.

Demak, tomorqa qarovsiz qoldirilsa, yuqorida nomlari sanab o‘tilgan uchta hujjat asosida javobgarlik belgilab qo‘yilgan ekan, masala yopiq yoki shu javobgarlikning o‘zi yetarlidir.

Soliq kodeksida tomorqadan maqsadli foydalanmaganlik uchun orttirilgan soliq to‘lash adolatli bo‘ladi. Negaki yerdan foydalanish fuqarolik huquqiy munosabat bo‘lgani uchun ham orttirilgan soliq bilan tomorqadan foydalanmaganda yer va mulk solig‘ini oshirish mumkin.

Lekin tomorqadan foydalanish fuqarolik huquqiy munosabati bo‘lgani holda ma’muriy jazo chorasini qo‘llash esa o‘z nomi bilan noo‘rin. Shu bilan birga, yurtimizda olib borilayotgan ezgu islohotlar imijiga ham ta’sir ko‘rsatish ehtimoli yuqori.

Aslida tomorqadan foydalanish, avvalo, manfaatdorlik, tomorqa madaniyati va amaliyotini oshirish hamda bozor mexanizmlari asosida shakllanadi. Tomorqachilikni ma’muriy jazo va qo‘rqitish yo‘li bilan zinhor rivojlantirib bo‘lmaydi. Nahotki bu jarimani odamlar har qachongidan ko‘ra rozi bo‘layotgan insonparvarlik islohotlariga mos kelmasligini bilmasak yoki xalq manfaatlariga xizmat qilmaydigan shu taklifni qo‘llab-quvvatlash shunchalik muhimmi?

Har qanday taklif davlat va jamiyat manfaatlariga mos hamda xalq manfaatiga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Jarimaga kelsak, yuqorida aytganimdek, taklif etilayotgan jarima umumiy me’yorlariga mos emas. Isbotini esa masalaning birgina huquqiy jihatiga oid shu savollardan ko‘rishingiz mumkin:

Menimcha, jarima tomorqa masalasi yechimida katta rol o‘ynaganda yoki jarima bilan tomorqalar gullab-yashnab qolganda, ishonamanki, bunday vaziyatda barchamiz, aholi ham bunga rozi bo‘lar edi.

Nuriddin Murodov, huquqshunos

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют