» » Tramp AQShda koronavirus sabab joriy etilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilish rejasi bilan bo‘lishdi

Tramp AQShda koronavirus sabab joriy etilgan cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilish rejasi bilan bo‘lishdi


AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatdagi har bir shtat hukumati o‘z mintaqasidagi sharoitdan kelib chiqib, koronavirus sabab joriy etilgan cheklovlarni bekor qilish bo‘yicha qaror qabul qilishi kerakligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Reuters.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, gubernator shtatda barcha cheklov choralarini saqlab qolishni lozim topsa, shunday bo‘ladi. “Biz hamma narsani birdan ochib bermaymiz, buni bosqichma-bosqich amalga oshirmoqdamiz”, — deydi Tramp.

CNN’ning ma’lum qilishicha, Tramp barcha shtatlarning gubernatorlari bilan telefon orqali suhbatlashib, qarorni gubernatorlarning shaxsan o‘zlari qabul qilishi lozimligini bildirgan.

Avvalroq Tramp vitse-prezident Maykl Pens bilan birga shtatlar gubernatorlari bilan gaplashishini, shtatlarning ayrimlari avvalroq e’lon qilingan muddat — 1-maydan ko‘ra ertaroq ochilishi mumkinligini ma’lum qilgandi. Oq uy esa cheklovlarni bekor qilishdan oldin ikki hafta davomida shtatlarda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar keskin kamayishi lozimligini ta’kidlamoqda.

Dastlab maktablar, barlar va boshqa muassasalar yopiq bo‘ladi, restoran va kinoteatrlar tashrif buyuruvchilar uchun ijtimoiy masofaning qat’iy o‘lchovlarini ta’minlasa ochilishi mumkin.

Mavzuga doir: Tramp AQShda koronavirusning eng yuqori cho‘qqisi ortda qolganini ma’lum qildi

Eslatib o‘tamiz, 15—16-aprel holatiga ko‘ra, AQShda bir sutka ichida qariyb 4,6 ming odam koronavirus oqibatida vafot etdi. Butun mamlakat bo‘ylab koronavirus qurbonlari soni 30 ming kishidan oshib ketdi, kasallikni yuqtirib olganlar esa 640 ming kishiga yaqinlashmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 57) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют