» » Xitoy Uxandagi koronavirus qurbonlari soniga aniqlik kiritdi: vafot etganlar soni 1290 kishiga ko‘p bo‘lib chiqdi

Xitoy Uxandagi koronavirus qurbonlari soniga aniqlik kiritdi: vafot etganlar soni 1290 kishiga ko‘p bo‘lib chiqdi


Xitoyning Uxan shahri hukumati koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 1290 kishiga ko‘payib, 3869 kishiga yetgan, deb yozadi AP.

Ta’kidlanishicha, qayta hisoblash ishlari epidemiyaning dastlabki bosqichida tibbiyot muassasalari bemorlar oqimini eplay olmay, tegishli idoralarga o‘z vaqtida hisobot bera olmagani sabab amalga oshirilgan. Xususan, dastlabki statistikaga koronavirus infeksiyasi oqibatida uy sharoitida vafot etish bo‘yicha ayrim holatlar kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Uxan 2019-yilning oxirida koronavirus infeksiyasi tarqalgan shahar hisoblanadi. Shahar ikki oy davomida karantinga yopilib, unga kirish va chiqish butunlay to‘xtatilgan edi.

Uxandagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilguniga qadar Xitoyda COVID-19 qurbonlari soni 3346 kishiga yetgan edi. Butun mamlakat bo‘ylab 83,4 mingdan ortiq odam infeksiya bilan kasallangan bo‘lib, ularning 78,4 ming nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Avvalroq AQSh razvedkasi Uxanda tarqalgan koronavirusning halokatli bo‘lishi haqida hukumatni noyabr oyidayoq ogohlantirgani ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir: Xitoy koronavirus sun’iy usulda tayyorlanganligi haqidagi ayblovga javob qaytardi

Mart oyining oxirlarida pandemiya o‘chog‘i bo‘lgan Xitoy esa o‘z hududida koronavirus tarqalishini to‘xtatdi, mamlakatda avtomobil sanoati yana oyoqqa turib, ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘ydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют