» » IIV velosipedda ishga qatnayotganlarda qanday hujjatlar bo‘lishi kerakligini aytdi

IIV velosipedda ishga qatnayotganlarda qanday hujjatlar bo‘lishi kerakligini aytdi


O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov 17-aprel kuni AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda velosiped egalari va piyodalarga ham tushuntirib o‘tish zarur bo‘lgan holatlar yuzaga kelayotganini bildirdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

“Agar siz velosipeddan foydalanib ishga qatnayotgan bo‘lsangiz, yoningizda uch xil hujjat olib yurishingiz kerak. Bular: pasport, ish joyingizning guvohnomasi yoki mehnat daftarchasidan ko‘chirma hamda aynan karantin davrida ishga jalb etilganligingiz haqida tashkilotdan biror-bir hujjat (ko‘pincha bu ma’lumotnoma ko‘rinishida bo‘ladi). Boshqa maqsadlarda velosipeddan yoki skuterlardan foydalanish karantin qoidasini buzish hisoblanadi”

Mavzuga doir: Farg‘onada karantin qoidasini buzib tunda niqobsiz, velosipedda yurgan mast fuqaro 15 sutkaga qamaldi

Matbuot kotibi, shuningdek, ilgari faqat niqobsiz yurgan fuqarolar karantin qoidasini buzgan deb hisoblangani, ammo “o‘zini yakkalash” tartibiga rioya etmasdan, kechki vaqtda oilaviy sayrga chiqishi kabi turli bahonalar bilan piyodalar harakati kuzatilayotganini qo‘shimcha qildi.

“Shu sababli Respublika maxsus komissiyasining 13-apreldagi 18-bayonida ko‘rsatilganidek, agar ko‘chada piyodalar bemaqsad yurganlari aniqlansa, niqob taqqan yoki taqmaganlaridan qat’i nazar ogohlantirishsiz, ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Savdo do‘konlari va dorixonalarda fuqarolarning 2 metr masofada bo‘lishi ta’minlanishi shart. Agar bunga rioya etilmasa, do‘kon egalari va xaridorlar ma’muriy javobgarlikka tortiladilar”, — deya ta’kidlab o‘tdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 13:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют