» » Karantin davrida birjada xarid qilingan tovarlarni yuklash va tashishda hech qanday cheklovlar yo‘qligi aytildi

Karantin davrida birjada xarid qilingan tovarlarni yuklash va tashishda hech qanday cheklovlar yo‘qligi aytildi


O‘zbekistonda karantin davrida yuk tashish transportlari uchun cheklovlar mavjud bo‘lmaganligi sababli birja savdolarida xarid qilingan tovarlarni yuklash va tashishda muammolar mavjud emas. Bu haqda 16-aprel kuni AOKA huzuridagi shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Tovar-xomashyo birjasi axborot xizmati rahbari Hikmatilla Tillaboyev ma’lum qildi.

Tovar-xomashyo birjasi axborot xizmati rahbarining ta’kidlashicha, birja tomonidan tovarlarni tuzilgan bitimlarning elektron reyestri asosida yuklash tizimi yaratildi va sotuvchi korxonalarga tovarni yuklash uchun bitimning asl nusxasi talab etilmasligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Mavzuga doir: Transport vazirligi O‘zbekistonda aviaqatnovlar qachondan boshlab qayta tiklanishiga oydinlik kiritdi

“Aprel oydan boshlab birjada ilk bor forvard savdolari o‘tkazila boshlandi. Bu savdolar birjada sotib olingan tovarlarni keyinchalik uzoqroq muddatlarda yuklashni nazarda tutadi. Dastlabki bosqichda ushbu savdolar shakar mahsuloti bo‘yicha amalga oshirilmoqda. Uning shartlariga ko‘ra, mahsulotni yetkazib berish muddati 60 kunni tashkil etadi. Yaqin kunlarda forvard shartnomalari birjaning boshqa tovar bozorlarida ham joriy etish rejalashtirilgan”, — deydi axborot xizmati rahbari.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 13:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют