» » Ichki ishlar vazirligi o‘zboshimchalik bilan o‘z transport vositalariga ruxsatnoma bergan tashkilot va korxonalarni ma’lum qildi

Ichki ishlar vazirligi o‘zboshimchalik bilan o‘z transport vositalariga ruxsatnoma bergan tashkilot va korxonalarni ma’lum qildi


17-aprel kuni AOKA huzurida tashkil etilgan shtabda bo‘lib o‘tgan brifingda Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov karantin davrida ko‘chada turli tashkilotlarning avtomobillari uchun qilingan ruxsatnomalari uchrayotgani, ular harakatlanishga asos bo‘lmasligini bildirdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Jumladan, maxsus stikersiz harakatlanishga ruxsat etilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar va boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari xizmat avtotransport vositalarining haydovchilari, ko‘plab suiiste’molchiliklarga yo‘l qo‘yayotganliklari kuzatilayotgani ta’kidlandi.

IIV matbuot kotibi yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari har bir avtotransportni vizual ko‘zdan kechirib, avtotransport yo‘nalishi va aniq manzili yuzasidan tushuntirishlar so‘rashi davomida duch kelingan qoidabuzarliklarni ma’lum qildi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda “bir-ikki kun ichida” shaxsiy avtomobildan foydalanish tartibi yengillashtirilishi mumkin

“Hozirgi paytda ko‘plab fuqarolar, tashkilotlar o‘zboshimchalik bilan transport vositalariga ruxsatnoma berish holatlari kuzatilmoqda”, — deya Shohrux G‘iyosov bir qancha misollarni ko‘rsatib o‘tdi.

Qoidabuzarlik sodir etganlar safida quyidagi tashkilot va korxonalarni uchratish mumkin:

Mavzuga doir: O‘zbekistonda avtomobil harakatlanishiga maxsus ruxsatnoma talab etilmaydigan holatlar ro‘yxati yangilandi

Endilikda, yuqoridagi holatlardan kelib chiqqan holda vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar va boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Kengashi raislari va ularning o‘rinbosarlari, hokimlar va ularning o‘rinbosarlari xizmat avtotransport vositalari haydovchilariga faqat ish vaqtida, xizmat zarurati bilan harakatlanishga ruxsat etilishi xabar qilindi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют