» » O‘quvchilar onlayn darsda bir-biriga qalamni “uzatib” o‘qituvchini hayron qoldirdi (video)

O‘quvchilar onlayn darsda bir-biriga qalamni “uzatib” o‘qituvchini hayron qoldirdi (video)


Internetda onlayn dars vaqtida o‘quvchilarning qalamni bir-biriga uzatishi aks etgan video internetda ommalashdi. Rolik TikTok’da e’lon qilindi.

Videoda noutbuk ekrani orqali o‘z xonalaridan o‘qituvchiga qarab turgan 25 dan ortiq o‘quvchilarni ko‘rish mumkin.

Dars vaqtida o‘quvchilardan biri sinfdoshidan qalam so‘raydi. Shundan so‘ng bolalar bir ekrandan keyingisiga qalamni “uzata” boshlaydi.

O‘qituvchi holatdan hayratga tushadi va nima bo‘layotgani haqida bolalardan so‘ray boshlaydi.

Ushbu rolik qisqa muddat ichida 6 millionta layk to‘plagan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga o‘quvchilarning bir-birini tushunib harakat qilishi juda yoqqan.

Mavzuga doir: Butun dunyodagi Reddit foydalanuvchilari bir o‘ram hojatxona qog‘ozini bir-biriga “uzatdi” (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют