» » Buxoroda koronavirusga chalingan yana 11 kishi sog‘aydi. O‘zbekistonda tuzalganlar soni 140 nafarga yetdi

Buxoroda koronavirusga chalingan yana 11 kishi sog‘aydi. O‘zbekistonda tuzalganlar soni 140 nafarga yetdi


Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus bilan kasallangan yana 11 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular 17-aprel kuni viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Sog‘ayganlarning barchasi charter reys orqali Turkiyadan Buxoroga olib kelingan va “Sitorai Mohi Xosa” sanatoriysida karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, ular viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.

Bemorlarning 3 nafari erkak, 8 nafari ayollardir. Ulardan 5 nafari Toshkent shahrida, 2 nafari Toshkent viloyatida yashaydi. Shuningdek, tuzalganlar orasida Buxoro, Samarqand, Namangan va Andijon viloyatlarida yashovchi 1 nafardan fuqaro bor. Ular orasida eng yoshi kattasi 56 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 30 yoshda.

Buxoro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida shu paytga qadar sog‘ayganlar soni 39 nafarga yetdi. Ayni paytga qadar O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 140 kishi to‘liq sog‘aydi. 16-aprel kuni Toshkentda 70 yoshli bemor koronavirusdan tuzalib, O‘zbekistonda tuzalganlar soni 129 nafarga yetgan edi.

O‘zbekistonda 17-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1380 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning to‘rt nafari vafot etdi, Bundan tashqari, xorijda kamida 23 o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlangan, ularning to‘rt nafari vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 14:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют