» » Boris Jonson Rossiyaga IShIDga qarshi kurashda g‘arb mamlakatlariga qo‘shilishni taklif qildi

Boris Jonson Rossiyaga IShIDga qarshi kurashda g‘arb mamlakatlariga qo‘shilishni taklif qildi


Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Boris Jonson Moskvani IShID terroristik tashkilotiga qarshi kurashda g‘arb koalitsiyasiga qo‘shilishga chaqirdi. Bu haqda Telegraph nashriga tayanib, “Gazeta.ru” ma’lum qildi.

Britaniya tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, Rossiya IShIDga qarshi kurashda Suriyadagi strategik manfaatlari va AQSh prezidenti Donald Tramp bilan kelajakda yaxshi munosabatlarni saqlab qolish uchun 60 ta mamlakatni birlashtiruvchi koalitsiyaga qo‘shilishi mumkin.

“Rossiyada hali ham to‘g‘ri tomonga o‘tish uchun vaqt bor”, — dedi Jonson.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (16-04-2017, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют