» » Andijonda karantin payti budjet tashkilotlari xodimlarining majburiy mehnatga jalb qilingani aniqlandi

Andijonda karantin payti budjet tashkilotlari xodimlarining majburiy mehnatga jalb qilingani aniqlandi


Andijonda suv xo‘jaligi xodimlarini majburiy tarzda yong‘oq ekishga jalb etgan mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida karantin va cheklov tadbirlari amalda bo‘lishiga qaramay budjet tashkilotlarining 500 dan ortiq xodimi majburiy mehnatga jalb qilingani yuzasidan xabarlar tarqalgan.

Vazirlik bu masalani o‘rgangan va Andijon tumani hududidagi adirlikka haqiqatan ham 10—11-aprel kuni yong‘oq ko‘chatlari ekilgani va bunda Andijon viloyati suv xo‘jaligi boshqarmasiga qarashli korxona ishchilari majburiy tarzda jalb etilganini aniqlagan.

Qayd etilishicha, Mehnat kodeksining 124-moddasi (Ish vaqtidan tashqari ish) hamda 177-moddasi (Ish beruvchining burchlari) talablari buzilganligi uchun korxona rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasi 1-qismi (Mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish) bilan ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Ushbu moddada buzish bazaviy hisoblash miqdori (16-aprel holatiga ko‘ra 223 ming so‘m)ning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima jazosi belgilangan.

Shuningdek, Andijon viloyati Suv xo‘jaligi boshqarmasi, “Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ, “Andijon hududgaz” MChJ, Andijon viloyati “Suvoqova” DUKda olib borilgan o‘rganishlar natijasida majburiy mehnatga jalb qilish holatlari aniqlanmagan.

Bundan tashqari, adirlik hududida Andijon, Buloqboshi tumani obodonlashtirish boshqarmalarining haq to‘lanadigan jamoat ishiga jalb etilgan xodimlari 2020-yil 13—15-aprel kunlari obodonlashtirish ishlarida ishtirok etgani aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 4-apreldagi yig‘ilishida belgilangan qo‘shimcha chora-tadbirlarga ko‘ra, 6-apreldan boshlab shaxsning birinchi galdagi hayotiy zarur bo‘lgan ehtiyojlari (oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalarni xarid qilish va boshqalar) uchun va shifokor ko‘rigiga murojaat etishdan boshqa maqsadlarda ko‘chaga chiqishi qat’iyan cheklangan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda necha kishi karantin qoidalarini buzgani uchun javobgarlikka tortilgani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют