» » Toshkentda karantin qoidalarini mensimay niqobsiz va mast holda yurgan shaxs 15 sutkaga qamaldi

Toshkentda karantin qoidalarini mensimay niqobsiz va mast holda yurgan shaxs 15 sutkaga qamaldi


Toshkentda karantin qoidalariga amal qilmasdan jamoat joyida niqobsiz va mast holda yurgan fuqaroga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ga Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 6-aprel kuni 38 yoshli A.T. Chilonzor tumani, “Cho‘ponota” mahallasida mast holda qo‘lida spirtli ichimlik shishasi bilan niqobsiz yurganligi sababli IIO xodimlari kelib, uni tuman IIB bo‘limiga olib ketishmoqchi bo‘lganida ularga qarshilik ko‘rsatib, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.

Tuman IIB bo‘limiga yetib kelgach, A.T. bo‘limga olib kelingan boshqa shaxslar va IIO xodimlariga haqoratomuz shilqimlik qilib, mayda bezorilik sodir etgan. Qoidabuzarlik bo‘yicha huquqbuzar A.T.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga oshirilgan.

A.T. mast holda niqobsiz yurganligi, ammo o‘ta mast holga kelganligi sababli IIO xodimlari uni olib ketishganligi va tuman IIBda bo‘lgan voqealarni eslay olmasligini, qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, boshqa bunday holatlar takrorlanmasligini, suddan unga nisbatan yengillik berishini so‘ragan.

Chilonzor tuman ma’muriy sudining 13-apreldagi qaroriga ko‘ra, A.T. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi 1-qismi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish), 187-moddasi 2-qismi (Jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish), 183-moddasi (“Takroran jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish”), 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 15 sutka qamoq jazosi tayinlangan.

Avvalroq Samarqandda ham xuddi shunday huqubuzarlik sodir etgan shaxs 15 sutkaga qamalgandi. Sirdaryoda profilaktika inspektorini haqorat qilgan velosipedda yurgan mast fuqaro 15 sutkaga qamalgan. Shuningdek, ichki ishlar organlarining karantinda olib borayotgan ishlarini masxara qilgan holatlar ham uchragan. Profilaktika inspektorining pogonini yulib, xizmat kiyimini yirtib tashlagan ayolga esa jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. O‘zbekistonda karantin qoidalari eng ko‘p buzilayotgan viloyatlar orasida Toshkent yetakchilik qilmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda necha kishi karantin qoidalarini buzgani uchun javobgarlikka tortilgani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 16:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют