» » Dehqonobodlik homilador ayol shifoxonaga vertolyotda olib borildi (foto)

Dehqonobodlik homilador ayol shifoxonaga vertolyotda olib borildi (foto)


Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi homilador ayol hamda ko‘richak bilan og‘rigan bemor vertolyotda shifoxonaga olib borildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati rahbari Sohib Vaitov ma’lum qilmoqda.

Ma’lumot berilishicha, Dehqonobod tumani “Oqqishloq” MFY Shaxshor qishlog‘ida yashovchi 21 yoshli homilador ayol Hulkar Normo‘minovaning tobi qochib, QVPga olib borilgan. QVP shifokori ayolda erta tug‘ruq holati kuzatilayotganini, tibbiyot maskanida ayolga yordam ko‘rsatish imkoni yo‘qligini aytgan.

Shuningdek, ko‘richak bilan og‘rigan 29 yoshli fuqaro Shahlo Qurbonova ham operatsiyaga muhtojligini bildirgan.

Ammo bemorlar tuman markazidan 180 kilometr uzoqlikdagi qishloqda yashashi va yo‘ldagi muammolar sabab ularni tuman tibbiyot birlashmasiga olib borishda muammo yuzaga kelgan.

Mazkur holatdan xabar topgan Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Farmon Jalilov viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Shodiyevga xabar bergan.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Obit Hazratqulov tashabbusi bilan homilador ayol va ko‘richak bilan og‘rigan bemor 16-aprel, payshanba kuni, Mudofaa vazirligiga qarashli vertolyot hamda ekipaj yordamida Qarshi shahridagi Xonobod aerodromiga olib kelingan.

Viloyat perinatal markaziga yotqizilgan Hulkar Normo‘minova hamda shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialiga yotqizilgan bemor Shahlo Qurbonovalarning ayni paytdagi aholi yaxshi. Ular shifokorlar nazoratidaligi aytilmoqda.

Mavzuga doir: Qashqadaryoda traktor ag‘darilishi oqibatida jabrlangan fuqaro vertolyot orqali kasalxonaga yetkazildi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют