» » “Hillsboro fojiasi”da omon qolgan “Liverpul”ning 65 yoshli muxlisi koronavirusdan vafot etdi

“Hillsboro fojiasi”da omon qolgan “Liverpul”ning 65 yoshli muxlisi koronavirusdan vafot etdi


1989-yilda “Hillsboro” stadionidagi fojiani boshdan kechirgan “Liverpul” muxlisi Deyv Roland koronavirus tufayli vafot etdi, deya xabar qilmoqda Liverpool Echo.

Roland o‘tgan hafta 65 yoshida “Hillsboro fojiasi”ning 31 yilligi arafasida hayotni tark etgan.

Roland “Hillsboro”dagi tartibsizliklar paytida omon qolgan, biroq mersisaydliklarning 17 yoshli muxlisi Genri Rojersni qutqarib qololmagandi. Tragediyadan sodir bo‘lgan kunning eng mashhur suratlaridan birida Roland tasvirlangan: Deyv tribuna vayronalari ichida “Liverpul” sharfi bilan yuzini yopgan holda yig‘lab o‘tiradi.

Mavzuga doir: 96 nafar “Liverpul” muxlisining o‘limiga sabab bo‘lgan “Hillsboro fojiasi”ga 31 yil bo‘ldi

1989-yilning 15-aprel kuni Angliya Kubogi yarim finalida “Nottingem Forest” va “Liverpul” o‘zaro o‘ynaydi. Sheffilddagi “Hillsboro” tribunalarida tiqilinch sodir bo‘ladi va unfa qolib ketgan 96 nafar “Liverpul” muxlisi vafot etadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют