» » O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar davolanayotgan hududlar haqida ma’lumot berildi

O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar davolanayotgan hududlar haqida ma’lumot berildi


O‘zbekistonda 17-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1380 nafarni tashkil etmoqda. Ayni paytga qadar mamlakatda koronavirusdan to‘rt nafar bemor vafot etgan, 140 nafar bemor tuzalishga muvaffaq bo‘lgan. Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur bemorlarning qaysi hududlarda davolanayotgani haqida ma’lumot berdi.

Sog‘liq saqlash vazirligi tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ayni paytda bemorlar quyidagi hududlarda qayd etilgan va davolanmoqda:

Vazirlik tomonidan ma’lum qilinishicha, ushbu bemorlarning aksariyati dastlab karantinda bo‘lgan va kasalligi tasdiqlangach, ushbu hududdagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslashtirilgan tibbiyot muassasalariga davolash uchun joylashtirilgan.

Toshkent shahrida bemorlar Virusologiya instituti, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar instituti klinikasi hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida davolanmoqda.

16-aprel kuni Toshkentda koronavirusdan davolanayotgan 325 nafar bemorning 14 nafari og‘ir ahvolda ekanligi haqida xabar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют