» » Rossiyalik virusologlar ispaniyalik shifokorlarning COVID-19 bemoridagi ko‘karishlar yuzasidan qilgan xulosalariga baho berdi

Rossiyalik virusologlar ispaniyalik shifokorlarning COVID-19 bemoridagi ko‘karishlar yuzasidan qilgan xulosalariga baho berdi


Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorning oyoqlarida ko‘karishlar bo‘lishi inkor etilmaydi, biroq buning COVID-19’ga chalinganlik belgisi ekanini aniqlash uchun qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazish talab etiladi. Bu haqda Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti yuqumli kasalliklar kafedrasi rahbari, shifokor-infeksionist Galina Kojevnikova “RBK” nashriga ma’lum qilgan.

Kojevnikovaning so‘zlariga ko‘ra, shifokorlar koronavirusning yaqqol belgilarini topishga urinmoqda va bu orqali kasallikning dastlabki bosqichidayoq davolashga muvaffaq bo‘lishmoqchi.

Mavzuga doir: Koronavirus belgilarini gripp va shamollashdan qanday farqlash mumkin?

“Biroq ushbu o‘rinda bemorlarning holatini va umumiy vaziyatni yaxshilab tahlil qilish lozim, sababi odamda nafas yetishmovchiligi kuzatilsa, bemor kislorod tanqisligidan aziyat cheksa, bu sianoz ham bo‘lishi mumkin, bunda lablar ko‘karib ketadi, tanada kislorod almashinuvi buziladi va birinchi navbatda kichik qon tomirlari faoliyatiga ta’sir qiladi. Ya’ni ko‘karish holatlari kislorod yetishmovchiligi tufayli yuzaga kelgan bo‘lishi ham mumkin”, — degan professor.

Bundan tashqari, Kojevnikovaning ma’lum qilishicha bu kabi o‘xshash kichik ko‘karishlar bakterial infeksiyalarda ham uchrab turadi.

“Toshma toshishi va tovonda ko‘karishlar bo‘lishi COVID-19 yuqtirib olinganining yaqqol belgisi emas, bu kabi simptomlar boshqa kasalliklarda ham uchrashi mumkin” – deydi tibbiyot fanlari doktori Nikolay Malishyev.

“Hozirda COVID-19’ning turli yashirin ko‘rinishlari borligi yuzasidan ma’lumotlar mavjud. Bu infeksiya ko‘plab shakllarga ega kasallik”, — degan u.

Mavzuga doir: Fransiyalik shifokorlar koronavirusning yangi belgilarini ma’lum qildi

Malishyev dastlab tomoqda kuchli og‘riq bo‘lishi va isitma chiqishi holatlari koronavirusning asosiy belgisi deya hisoblanganini eslatdi. Keyinchalik COVID-19’ning boshqa respirator infeksiyalar bilan umumiy jihatlari ko‘pligi ma’lum bo‘lgan.

“Ushbu simptomlarga yana boshqa alomatlar, belgilar qo‘shilishi mumkin”, — deydi Malishyev.

Avval Buyuk Britaniyaning Daily Mail gazetasi ispan va italyan shifokorlari bemorlarning oyoqlari va kaftlarida ko‘karishlarning bo‘lishi koronavirus infeksiyasining asosiy alomatlaridan biri ekanini ta’kidlayotgani haqida xabar bergan. Nashrga ko‘ra, Ispaniya, Fransiya va Italiyada COVID-19’ga chalingan ayrim bemorlarda ushbu tashqi belgilar kuzatilgan.

Mavzuga doir: Olimlar koronavirusdan tuzalganlar virus yuqtirishda davom etishi mumkinligini aniqladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют