» » Gruziyada 17-apreldan yengil avtomobillarda harakatlanish vaqtincha taqiqlandi

Gruziyada 17-apreldan yengil avtomobillarda harakatlanish vaqtincha taqiqlandi


Gruziyada 17-apreldan boshlab koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida, yengil avtomobillar harakati to‘liq taqiqlanadi. Bu haqda Gruziya bosh vazirining xalqaro ishlar bo‘yicha maslahatchisi Irakliy Chikovani ma’lum qildi, deb yozmoqda “RBK”.

Ma’lum qilinishicha, taqiq 21-aprelgacha amalda bo‘ladi, cheklov yuk mashinalariga qo‘llanilmaydi, shuningdek, yetkazib berish xizmatlari o‘z ishini davom ettiradi.

Chikovanining qayd etishicha, 17-apreldan boshlab mamlakat fuqarolari uchun niqob taqish majburiy etib belgilanadi. Shuningdek, mamlakatda qabristonlarni ziyorat qilish 10 kunga cheklanadi.

Gruziyada 21-mart kuni favqulodda holat e’lon qilingan va u 21-aprelgacha amalda bo‘ladi. Mazkur davrda havo va quruqlikdagi transport tashuvlari cheklangan, karantinni buzganlar javobgarlikka tortiladi, 10 kishidan ortiq odam qatnashadigan tadbirlar taqiqlangan. Mamlakat bosh vaziri Georgiy Gaxariyaning 14-aprel kuni bergan bayonotiga ko‘ra, hukumat favqulodda holat rejimini uzaytirishni so‘rab prezidentga murojaat qilgan.

Gruziya hukumati 31-martdan boshlab favqulodda holat yakunlangunigacha mamlakatda spirtli ichimliklar savdosini taqiqlagan. Mazkur sanadan e’tiboran Gruziyada komendantlik soati ham joriy qilingan.

Mavzuga doir: Gruziyada bozorga kiruvchi xaridorlarning pullari dazmol yordamida dezinfeksiya qilinmoqda (video)

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 348 kishiga yetgan, 76 kishi tuzalgan, uch kishi vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 30-martdan boshlab yengil avtomobillar maxsus ruxsatnoma asosida harakatlanishi mumkin. Mazkur ruxsatnomalarni berish 9-aprelda to‘xtatilgan. Ba’zi transport vositalarining harakati uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 17:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют