» » Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov 30—50 nafar ishchisi bor tadbirkorlarni o‘z faoliyatini qayta tiklashga chaqirdi

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov 30—50 nafar ishchisi bor tadbirkorlarni o‘z faoliyatini qayta tiklashga chaqirdi


Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov viloyat tadbirkorlariga murojaat qilib, karantin sababli to‘xtab qolgan ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yishga chaqirdi.

Ayni paytda Andijon viloyatida 28 mingdan ziyod kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatdan o‘tib, faoliyat yuritadi. Mamlakatda tarqalgan koronavirus pandemiyasi sababli ularning aksariyati o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan edi. Viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov viloyatdagi tadbirkorlarga murojaat qilib, karantin hamda infeksiya tarqalishining oldini olish bo‘yicha belgilangan tartiblarga amal qilgan holda ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

“Koronavirus pandemiyasi bizni ancha murakkab ahvolga solib qo‘ydi. Lekin bu bilan hayot to‘xtab qolmasligi kerak. To‘g‘ri, xalqimiz salomatligi hamma narsadan ustun. Biroq ishlab chiqarishni davom ettirmaydigan bo‘lsak, butun iqtisodiyotimiz izdan chiqib ketishi, ertaga bugungidanda murakkab vaziyatga tushib qolishimiz mumkin. Shuning uchun 30—50 nafar ishchi ishlaydigan turli yo‘nalishlardagi sexlar, umuman, barcha katta-kichik ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini tiklashimiz lozim”, — dedi onlayn murojaatda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov.

Viloyat hokimining qayd etishicha, tadbirkorlar koronavirus yuqishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha belgilangan tartiblarga rioya etgan holda korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rishi kerak. Ish boshlagan korxonalarda ishchi-xizmatchilar salomatligini nazorat qilish, dezinfeksiya ishlarini tashkil etish uchun shifokor va mutaxassislar biriktirib berilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, viloyat hokimi tadbirkorlarning faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan muammolarni bartaraf etishga, xususan, kredit olish, soliq, kredit to‘lovlari muddatini uzaytirish yuzasidan ularga ko‘mak berishga tayyor ekanligini aytib o‘tdi.

Viloyat hokimi murojaatda umumta’lim maktabi, kollej o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari talabalari, ayniqsa, yoshi ulug‘ insonlarni uyda qolishga, kitob o‘qishga, foydali ish bilan shug‘ullanishga, umuman, viloyat aholisini agar zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmaslikka, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.

Avvalroq Andijonda koronavirusga chalingan bemorlarning 78 nafari tibbiyot xodimlari ekanligi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: “Hokimlar va sektor rahbarlari kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash ishlariga shaxsan javob beradi”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 17:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют