» » Shohrux G‘iyosov: “Maxsus stikeri bor avtomobil egalarining barcha hujjatlari to‘liq bo‘lishi kerak”

Shohrux G‘iyosov: “Maxsus stikeri bor avtomobil egalarining barcha hujjatlari to‘liq bo‘lishi kerak”


17-aprel, juma kuni, AOKA huzurida tashkil etilgan shtabdagi brifingda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov maxsus stikeri mavjud bo‘lgan transport vositalari egalariga taalluqli holatlar yuzasidan tushuntirish berdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Ma’lumki, hukumat maxsus komissiyasining navbatdagi 18-sonli bayoni e’lon qilinib, unda ayrim toifadagi avtotransport vositalarining harakatlanishiga yengillik yaratib berilgan. Biroq ayrim fuqarolar tomonidan bayonnoma talablarini noto‘g‘ri talqin qilish natijasida tushunmovchiliklar yuzaga kelayotgani aytib o‘tildi.

Jumladan, Toshkent shahri, Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro Ortiqov Alisher avtomobilda harakatlanishi uchun stikeri bo‘lgan holatda ham YPX xodimlari avtomashinasini qoidabuzarlik qayd etib, jarima maydonchasiga qo‘ygani masalasiga shunday izoh berdi:

“Biz bu masalaga oydinlik kiritdik, shu fuqaro misolida, maxsus stikeri mavjud bo‘lgan barcha avtotransport haydovchilariga murojaat etmoqchiman. Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro Ortiqov Alisherning Lacetti rusumli avtotransport vositasining texnik ko‘rik muddati 10-aprelda o‘tgan bo‘lganligi uchun 16-aprel kuni YPX xodimi Sharofov tomonidan bayonnoma rasmiylashtirilib, transport jarima maydoniga qo‘yilgan. Shuning uchun bilib qo‘ying, stiker sizga karantin davrida harakatlanish huquqini beradi, lekin barcha hujjatlaringiz joyida va to‘liq bo‘lishi kerak”, — deydi Shohrux G‘iyosov.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют