» » Neymarmi yoki Lautaro? “Barselona” bosh murabbiyi javob berdi

Neymarmi yoki Lautaro? “Barselona” bosh murabbiyi javob berdi


“Barselona” bosh murabbiyi Kike Setyen PSJ hujumchisi Neymar va “Inter” forvardi Lautaro Martinesning katalon klubiga ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.

“Neymar yoki Martines — “Barselona”da qay birini ko‘rishni xohlardim? Ikkisini ham, chunki ular juda yaxshi futbolchi. Unisi ham bunisi ham, qanaqasiga ular menga yoqmasligi mumkin?

Gap shundaki, o‘z imkoniyating darajasida harakat qilish kerak. Bu futbolchilar qimmat turishini bilamiz, shu sabab ularni qo‘lga kiritish oson bo‘lmaydi”, — deydi Setyen.

Avvalroq “Barselona” ushbu ikki hujumchiga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.

Neymarning PSJ bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilga qadar mo‘ljallangan. Joriy mavsum braziliyalik futbolchi 22 o‘yinda maydonga tushib, 18 gol va 10 ta samarali uzatma muallifiga aylandi.

Martines esa A Seriyada 22 o‘yin o‘tkazdi. Uning hisobida 11 gol va uchta assist bor. Shuningdek, argentinalik futbolchi Chempionlar Ligasida beshta gol urgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют