» » Farg‘ona viloyat Xalq qabulxonalarida murojaatlar onlayn tarzda qabul qilinmoqda

Farg‘ona viloyat Xalq qabulxonalarida murojaatlar onlayn tarzda qabul qilinmoqda


Koronavirus pandemiyasi sababli Farg‘ona viloyat Xalq qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar endilikda onlayn tarzda qabul qilinmoqda. Hamda har bir murojaat o‘ta qisqa fursatlarda o‘rganilib, o‘z yechimini topmoqda. Bu “Daryo”ga xalq qabulxonasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Prezident Xalq qabulxonasi boshchiligida o‘tgan hafta davomida Bag‘dod tumani bo‘yicha 700 dan ziyod ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Hozirda esa yana 1300 ta oilaga yordam berish nazarda tutilgan.

Furqat tuman Xalq qabulxonasiga ham kelib tushayotgan aksariyat murojaatlar dehqon bozorlaridagi narx-navolar, pensiya va nafaqalar to‘lovi, dezinfeksiyalash jarayonlari haqida bo‘lib, mas’ullar tomonidan ularning yechimini topish choralari ko‘rilmoqda. Misol uchun, “Farg‘ona suvta’minot” MChJ tumani bo‘limi tomonidan toza ichimlik suvini yetkazib berish, joylarda yuzaga kelgan avariya holatlarini bartaraf etilmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda karantin davrida Prezident virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalari murojaatlarni ko‘rib chiqishni davom ettirmoqda

Qayd etilishicha, dehqon bozorlariga olib boruvchi yo‘llar karantin talablariga ko‘ra dezinfeksiyalanmoqda. Bozorlarga kirishda sanitar-shifokorlar faoliyati tashkil etilgan. Mahsulotlar sifati ta’minlanishi barobarida narx-navolar barqarorligi saqlanmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 17-aprel soat 16:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1390 nafarni tashkil etmoqda. Kasallikdan tuzalganlar 140 taga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning to‘rt nafari vafot etdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют