» » Toshkentda fuqaro karantin sharoitida 110 mln so‘mdan ortiq aliment pulini to‘lab berdi

Toshkentda fuqaro karantin sharoitida 110 mln so‘mdan ortiq aliment pulini to‘lab berdi


Toshkentda fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra karantin sharoitida bolasining aliment pullarini 100 foiz to‘lab berdi. Bu haqda “Daryo”ga MIB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 2017-yil 6-sebtabrdagi buyrug‘iga asosan, qarzdor I.E.dan undiruvchi M.S. foydasiga voyaga yetmagan bir nafar farzandining ta’minoti uchun to u voyaga yetguniga qadar oylik ish haqi va boshqa daromadlaridan har oyda 1/4 qism miqdorida aliment undirish belgilangan.

Byuroning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan qarzdor bilan profilaktik suhbat o‘tkazilganda fuqaro o‘z xohishiga ko‘ra, aliment pullarini farzandi 18 yoshga to‘lguniga qadar to‘liq to‘lash tashabbusi bilan chiqqan.

16-aprel, payshanba kuni, alimentchi ota farzandi 18 yoshga to‘lguniga qadar jami 110 million 635 ming so‘m miqdoridagi aliment pulini to‘liq to‘lab bergan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 14 yoshga to‘lgan bolalar aliment undirish uchun ota-onasini sudga berishga haqli bo‘ldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют