» » “Humo” xokkey klubi kelasi mavsum OXLda ishtirok etmasligini ma’lum qildi

“Humo” xokkey klubi kelasi mavsum OXLda ishtirok etmasligini ma’lum qildi


Toshkentning “Humo” xokkey klubi kelasi mavsum Oliy Xokkey Ligasida (OXL) ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

Bu haqida klub matbuot xizmati o‘z bayonoti orqali e’lon qildi. Bunga koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan noqulayliklar, musobaqalar qachon va qay tariqa o‘tkazilishi noma’lum bo‘lib qolayotgani sabab sifatida ko‘rsatilgan.

“Infeksiyaning tarqalish ko‘lamini, yangi koronavirusning inson hayoti va sog‘lig‘iga xavf solayotganini inobatga olgan holda, mavsum oldidan tayyorgarlikning va OXL chempionatining boshlanish vaqti to‘g‘risida aniq tushuncha bo‘lmagani sababli, shuningdek, u qay tarzda o‘tkazilishini noaniqligini hisobga olgan holda, klub rahbariyati OXL va QRO chempionatlarining 2020/21-yilgi mavsmida ishtirok etmaslik qaroriga keldi”, — deyiladi bayonotda.

Bayonotda klubining keyingi mavsum qaysi musobaqada ishtirok etishi ma’lum qilinmagan.

TASS’ning xabar qilishicha, “Humo” bir mavsum o‘tib OXLga qaytishi mumkin. Bu haqda klub matbuot xizmati rahbari Aleksandr Malishev ma’lum qilgan.

“Bir yil o‘tib “Humo” qaytishiga umid bildiramiz. Hozirda pandemiya bilan bog‘liq vaziyatni bashorat qila olmaymiz”, — deydi Malishev.

“Humo” xokkey klubiga 2018-yil oxirida asos solingan. Jamoa uy uchrashuvlarini “Humo Arena”da o‘tkazadi. 2019-yilda xokkey bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida ishtirok etgan. 2019-yilning yozida “Humo” OXLda ishtirok etishi ma’lum qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, “Humo Arena” ochilish marosimida rossiyalik bir qator xokkey afsonalari O‘zbekistonga tashrif buyurgandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev taklifi bilan Aleksandr Yakushev, Valeriy Kamenskiy, Aleksey Jamnov va Vitaliy Proxorovlarga Dream City kompaniyasi tomonidan Toshkent shahridan uy berilgandi.

Ma’lumot uchun, OXL (VXL) — Rossiyaning KXLdan keyingi ikkinchi darajali xokkey ligasi. Uning 2019/20-yilgi mavsumida Rossiyaning 27 ta, Qozog‘iston va Xitoyning 3 tadan klubi qatorida O‘zbekiston nomidan “Humo” ishtirok etgan. OXL 2019/20-yilgi mavsumi mart oyi so‘nggida koronavirus sabab muddatidan avval yakunlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 19:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 100) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют