» » Toshkentda isitish mavsumi 20-apreldan tugatilishi ma’lum qilindi

Toshkentda isitish mavsumi 20-apreldan tugatilishi ma’lum qilindi


Toshkent shahrida 20-apreldan boshlab isitish tizimi o‘chiriladi. Bu haqda shahar hokimligi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, havo harorati keyingi hafta 27 daraja issiq va undan ortiq bo‘lishini inobatga holda issiqlik ta’minoti tizimini yozgi ish tartibiga o‘tkazish maqsadida Toshkent shahar hokimligi tomonidan turar joylarda issiqlik ta’minoti tizimini 20-apreldan boshlab bosqichma-bosqich o‘chirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonqulovning aytishicha, issiqlik ta’minoti tizimini o‘chirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Birinchi navbatda, issiqlik manbalarida bosim pasayadi, nasos stansiyalari o‘chiriladi. Shundan so‘ng, turar-joy binolari va mahalliy qozonxonalarning issiqlik ta’minoti to‘xtatiladi. Jarayon oxirida isitish tarmoqlari to‘liq issiq suv ta’minoti rejimiga o‘tadi. Issiqlik ta’minoti tizimining o‘chirilishi bo‘yicha to‘liq jarayon o‘rtacha uch kun davom etadi.

Shu bilan birga, issiq suv ta’minoti bo‘yicha karantin tugaguniga qadar bahorgi haftalik o‘chirish amalga oshirilmaydi, kelgusi isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha barcha ta’mirlash ishlari jadvallari mavjud vaziyatdan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqiladi.

Avvalroq Toshkent shahar hokimligi shaharda issiqlik ta’minotini 1-apreldan o‘chirishni rejalashtirgan edi. Shahar hokimligi karantin sababli issiq suv o‘chirilmasligini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida joriy isitish mavsumi 2019-yilning 25-oktabrida boshlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют