» » Bahrom Almatov: “Shu vaqtgacha 136 000 ta test sinovlarini o‘tkazdik”

Bahrom Almatov: “Shu vaqtgacha 136 000 ta test sinovlarini o‘tkazdik”


Daryo muxbirining xabar berishicha, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov virusologik laboratoriyalarda bir kunda o‘rtacha 10 000 ta, shu vaqtgacha 136 000 ta test sinovlari o‘tkazilganini ma’lum qilgan.

Kasallik laboratoriyalardagi tekshiruv natijasi bo‘yicha ikkita bosqichda, birinchi navbatda skrining testlari, keyingi bosqichda, kasallik gumon qilingan holatda tasdiqlovchi test tizimlari yordamida aniqlanishi aytildi. Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va xalqaro tajribalardan kelib chiqqan holda amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi.

Mavzuga doir: Bahrom Almatov Toshkent shahridagi epidemiologik vaziyat haqida tumanlar kesimida ma’lumot berdi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi huzurida tashkil etilgan shtabda bo‘lib o‘tadigan brifingda Almatov kasallangan bemorlar bilan muloqatda bo‘lgan fuqarolar bo‘yicha epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilayotganini ham bildirgan.

Bugungi kunda epidemik vaziyat noxush bo‘lgan hududlardan kelgan va bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan 91,861 nafar fuqarolar salomatligi ustidan tibbiy nazorat davom etayotgani, ulardan 69,926 nafar fuqarolar uy sharoitida, 21,935 nafar fuqarolar statsionar sharoitda karantinga olingani ta’kidlandi. Shu vaqtga qadar 151,103 nafar (uy sharoitida 131,226 nafar, statsionar sharoitida 19877) fuqarolar karantindan chiqarilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar davolanayotgan hududlar haqida ma’lumot berildi

Respublikada jami 274 ta karantin muassasalari belgilangan. Ularning 214 tasida karantinda saqlanishi kerak bo‘lgan 22 ming nafar fuqarolar 14 kunlik karantinda saqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 16-aprel kuni Toshkentda koronavirusdan davolanayotgan 325 nafar bemorning 14 nafari og‘ir ahvolda ekanligi haqida xabar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют