» » Namanganda yana 7 nafar bemor koronavirusdan butunlay sog‘aydi

Namanganda yana 7 nafar bemor koronavirusdan butunlay sog‘aydi


Koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning yana 7 nafari Namangan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasini tark etdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Tuzalganlarning barchasi Namangan shahridan. Bir nafari Turkiyadan Namanganga kelgan, qolganlari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, kasallikni yuqtirib olgan.

Bemorlarning 3 nafari erkak, 4 nafari ayollar. Eng kattasi 62, kichigi esa 25 yoshda. Davolash muolajalaridan keyingi tekshiruvlar ularning xastalikdan xalos bo‘lganini ko‘rsatdi.

Ular Namangandagi reabilitatsiya markaziga yuborilib, karantin kuzatuviga olindi.

Shu tariqa, Namanganda koronavirus infeksiyasini yuqtirganidan keyin davolanib, to‘liq tuzalganlar soni 22 nafarga yetdi.

Mavzuga doir:

O‘zbekistonda 17-aprel soat 16:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 10 kishiga oshib, 1390 nafarni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют